Markazimiz “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda!
Bugun Xalqaro molekulyar allergologiya markazi xodimlari 19–21-iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
Ushbu ko‘rgazma ishtirokchilarga:
o‘z tashabbus va ishlanmalarini namoyish qilish,
yangi bozorlar sari yo‘l ochish,
manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish,
global ekologik tendensiyalar jarayonida faol ishtirok etish imkonini taqdim etadi.
Tadbir doirasida:
zamonaviy ekotexnologiyalar va iqlim innovatsiyalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar,
ekspertlar ishtirokida panel sessiyalar va taqdimotlar,
noyob networking imkoniyatlari taqdim etiladi.
Ko‘rgazma hududida bepul shuttle-buslar harakatlanadi.
Markazimiz ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etib, ekologik barqarorlik yo‘lidagi global sa’y-harakatlarga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Issiq havoda qanday ovqatlanish kerak?
Hozirgi ob-havoda tanada suv-tuzi …
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni!
Bugun ona tilimiz &ndas…
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi…