#
24.07.2025 4554

Pollinoz (gulchang allergiyasi) haqida

Pollinoz — bu o‘simlik gulchangiga (polenga) nisbatan kuzatiladigan allergik reaksiya bo‘lib, odatda ko‘zlar, nafas yo‘llari shilliq qavati hamda teri qoplamining zararlanishi bilan kechadi. Kasallik quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi: ko‘zlarda qichishish, qizarish, yoshlanish; burunda qichishish, oqish, bitish; aksirish, yo‘tal, nafas qisishi; terida esa qizarish va toshmalar paydo bo‘lishi mumkin.

Ba’zida pollinoz jarayonida ovqat hazm qilish tizimi, yurak-qon tomir tizimi va asab tizimi kabi boshqa organ va tizimlarning ham ishtiroki kuzatiladi.

Pollinoz mavsumlari

Pollinoz yil davomida uchta asosiy gullash mavsumida kuzatiladi:

  • Daraxtlar gullash mavsumi: fevral oyidan may oyining boshigacha;

  • O‘tlar gullash mavsumi: aprel oyidan iyun oyigacha;

  • Begona o‘tlar gullash mavsumi: iyul-avgust oylaridan boshlab sovuq ob-havoga qadar davom etadi.

Pollinozning so‘nggi to‘lqini — bu begona o‘tlarning changlanish davri bo‘lib, u quyidagi o‘simlik oilalariga tegishli: sho‘radoshlar, murakkabguldoshlar, zubturumdoshlar va boshqalar.

#
19.01.2025 4691

Uyda eng ko‘p ifloslanadigan buyumlar

⚪️ Kesish taxtasi
Kesish taxtalarini issiq suvda yaxshilab yuvib, so‘…

#
21.08.2025 4189

“Daraxtlar reyestri” kurslari davom etmoqda

2025-yil 18–29-avgust kunlari Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o&ls…

#
07.08.2025 4263

Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazi Yangihayot tuman…

Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazi mutaxassislari “Sog‘lom…