#
21.07.2025 4622

Gullash va changlanish — o‘simliklar hayotidagi muhim jarayonlar

Gullash davri — bu o‘simlik hayotidagi muhim bosqich bo‘lib, bir gul ochilib, changlanish sodir bo‘lgach, navbatdagi gul ochilguniga qadar o‘tadigan vaqt oralig‘idir. Bu davr o‘simlik turiga qarab bir necha soatdan bir necha oygacha davom etishi mumkin.

Changlanish jarayoni

Changlanish — o‘simliklarning ko‘payishi uchun zarur biologik jarayon bo‘lib, unda chang zarralari urug‘chi ustiga tushib, urug‘ hosil bo‘ladi.

Changlanishning asosiy turlari:

  • Hasharotlar orqali changlanish — asalarilar, kapalaklar va boshqa hasharotlar yordamida yuz beradi.

  • Shamol orqali changlanish — chang zarralari shamol orqali boshqa o‘simliklarga yetib boradi.

  • Suv orqali changlanish — ayrim suvda o‘sadigan o‘simliklarda uchraydi.

Shamol orqali changlanish (anemofiliya)

Ba’zi daraxtlar va o‘tsimon o‘simliklar asosan shamol yordamida changlanadi. Bunday o‘simliklarning chang zarralari juda mayda va yengil bo‘lib, uzoq masofalarga tarqaladi. Bu esa allergiyaga moyil insonlarda nafas yo‘llari orqali allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

#
08.07.2025 4252

Immunobloting usuli ishga tushirildi !

Immunobloting usuli ishga tushirildi !
Bugun Xalqaro molekulyar allergologi…

#
14.03.2025 4761

Aerobiologik monitoring tahlillar

Bahoriy gulchanglar: Aerobiologik monitoring tahlillar

Tabiat uyg‘o…

#
11.09.2025 4178

Tibbiy ko‘rik

Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazi mutaxassislari “Sog‘lom…