#
06.08.2025 4266

Zamburug‘ sporalari — ko‘rinmas, ammo kuchli allergen!

Sizga yoki yaqinlaringizga bahor va yoz oylarida burun bitishi, ko‘z qichishishi yoki nafas olishda qiynalish tanishmi? Buning sababi faqat gulchanglar emas — zamburug‘ sporalari ham kuchli allergen bo‘lishi mumkin.

Havo orqali tarqaladigan ushbu mikroskopik sporalar ayniqsa:
• Nam va issiq ob-havoda
• Yomg‘irdan keyin
• Zax joylarda ko‘p uchraydi

Ular allergik rinit, astma va teri toshmalariga sabab bo‘lishi mumkin.

Nima qilish kerak?
• Uyda namlik darajasini nazorat qiling
• Xonalarni muntazam shamollating
• Allergolog maslahatiga murojaat qiling

Markazimiz tadqiqotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, shuningdek Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida zamburug‘ sporalari o‘ta yuqori miqdorda aniqlandi. Boshqa hududlarda esa ular kam yoki o‘rta miqdorda uchradi.

#
19.09.2025 4286

Toshkentda xalqaro ilmiy anjuman

Bugun poytaxtimizda “Innovatsion texnologiyalar respirator tibbiyotda&…

#
28.08.2025 4198

“Daraxtlar reyestri” loyihasi doirasida o‘quv kurslari da…

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish unive…

#
13.06.2025 4335

Bugun, 2025-yil 13-iyun kuni

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiy…