#
14.08.2025 211

Shoʻradoshlar gul changlari avgust oyida havoda ko‘paymoqda

Shoʻradoshlar — asosan o‘tsimon o‘simliklar bo‘lib, ularning allergen gul changlari ko‘z qichishi, burun bitishi, astma kabi belgilarni keltirib chiqarishi mumkin. Gul changlari juda mayda bo‘lgani sababli shamol orqali uzoq masofalarga tarqaladi.

Toshkent shahri va viloyatida:

  • Iyul oyida — kam miqdorda uchradi.

  • Avgustning birinchi o‘n kunligida — o‘rta miqdorda qayd etildi.

Tavsiyalar:

  • Gul chang miqdorini kuzatib boring va rasmiy monitoring natijalariga e’tibor bering.

  • Tashqarida vaqtni rejalang: ertalab soat 5:00–10:00 oralig‘ida gul chang eng yuqori bo‘ladi, shu paytda imkon qadar ko‘chada kamroq bo‘ling.

  • Himoya vositalaridan foydalaning: niqob va ko‘zoynak taqing.

  • Uy havosini yaxshilang: xona shamollating va havo tozalagich ishlating.

Qiziqarli fakt: Shoʻradosh gul changlari juda kichik (5–30 mikron) bo‘lib, bronxlarga kirib astma xurujini chaqirishi mumkin.

Allergiya belgilarida (ko‘z qichishi, burun oqishi, aksirish) albatta allergolog shifokorlariga murojaat qiling.

#
17.09.2025 268

Magistrlar ilmiy tajriba almashmoqda

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar…

#
21.02.2025 819

Aerobiologik tadqiqot natijalarini qiyosiy baholash

Aerobiologik tadqiqot natijalarini qiyosiy baholash uchun gravimetrik chang …

#
13.03.2025 783

Ignabargli daraxtlarni ekishda ehtiyot bo‘ling!

Yo‘l bo‘ylab ekilgan qarag‘ay, archa, tuya kabi ignabargli…