#
16.09.2025 4315

Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok

Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazi xodimlari 2025-yil 12–13 sentyabr kunlari Almaty shahri Qozog‘iston Milliy Agrar Tadqiqot Universitetida bo‘lib o‘tgan “O‘simliklar muhofazasi – yashil dunyo” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdilar.

Ushbu anjumanda Rossiya, Belorussiya, Qirg‘iziston, AQSh, Germaniya, Xitoy va O‘zbekiston mutaxassislari qatnashib, o‘simliklar muhofazasida ilm-fanning ahamiyatiga e’tibor qaratdilar hamda hamkorlikdagi loyihalar natijalari haqida ma’lumot berdilar.

G. Djambekova o‘z ma’ruzasida: insonlar va o‘simliklarda kasallik chaqiradigan zamburug‘ sporalarining tarqalishi, ularning havodagi miqdorini aniqlash maqsadida aerobiologik tadqiqotlar olib borilishini ta’kidladi.

Shuningdek, Qozog‘iston Milliy Agrar Tadqiqot Universiteti bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

#
23.12.2025 119

Xalqaro molekulyar allergologiya markazida korrupsiyaga q…

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiy…

#
18.11.2025 4041

Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi muborak!

Vatanimiz bayrog‘ining qabul qilinganligining 34 yilligi bilan barchan…

#
24.03.2025 4748

Xalqaro hamkorlik va ekologik tashabbuslar

Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O&…