“InnoWeek–2025” xalqaro ko‘rgazmasi bu yil o‘z miqyosi va ishtirokchilar soni bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.
15 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda tashkil etilgan ko‘rgazmada innovatsion loyiha va ishlanmalar namoyish etilmoqda.
Unda nafaqat O‘zbekiston, balki Xitoy, Koreya, Yaponiya, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Germaniya, Vengriya va Qozog‘iston kabi davlatlarning innovatsion kompaniyalari ham o‘z ilg‘or texnologiyalarini taqdim etmoqda.
Hozirda ushbu nufuzli tadbir qizg‘in ruhda o‘tmoqda va unda “Xalqaro molekulyar allergologiya markazi” ham faol ishtirok etmoqda. Markaz o‘zining so‘nggi ilmiy yutuqlari, innovatsion diagnostika usullari hamda zamonaviy allergologik texnologiyalarini tashrif buyuruvchilarga namoyish etmoqda.
Yo‘l bo‘ylab ekilgan qarag‘ay, archa, tuya kabi ignabargli…
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni!
Bugun ona tilimiz &ndas…
Poytaxtimizda “Bolalarda allergik kasalliklar: Fanlararo masalalar va …