#
31.10.2025 4099

Kuzgi allergiya sabablari

Mavsumiy allergiya nafaqat bahor va yozda, balki kuz oylarida ham kuzatiladi. Yoz ohiridan boshlab to sovuq tushgunga qadar begona o‘tlar changlanadi, va ularning gulchanglari aksirish, burun oqishi, ko‘z qichishishi kabi simptomlarni keltirib chiqaradigan muhim allergenlar hisoblanadi.

Xalqaro molekulyar allergologiya markazida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi orasida begona o‘tlardan eng ko‘p sezuvchanlik Sho‘rak (Salsola kali) va Shuvoq (Artemisia vulgaris) molekulalariga aniqlangan.

Kuz oylari havo namligi oshishi mog‘or zamburug‘larining ko‘payishiga sharoit yaratadi. Alternaria va Cladosporium zamburug‘lari asosan to‘kilgan barglar to‘plangan, hamda zax joylarda ko‘payadi. Aholi orasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida ushbu allergenlarga sezuvchanlik qayd etilgan. Shu bois markazda o‘tkaziladigan aeropalinologik tadqiqotlar havodagi ushbu zamburug‘ sporalarini ham aniqlab, natijalar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

Bundan tashqari, mog‘or zamburug‘lari uy ichidagi nam joylarda (xammom, yertula) yoki gul tuvaklarida ham ko‘payishi mumkin. Sovuq tushishi bilan insonlar ko‘p vaqtini uyda o‘tkazgani sababli, uy changi tarkibidagi kanalarga nisbatan allergiya belgilari kuchayishi mumkin.

O‘tkir respirator virus infeksiyalari ham aksirish, burun oqishi, yo‘tal kabi belgilar bilan namoyon bo‘lishi tufayli, ularni allergik kasalliklardan farqlash qiyin bo‘lishi mumkin.

Kasalligingizning asl sababini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

#
18.11.2025 4037

Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi muborak!

Vatanimiz bayrog‘ining qabul qilinganligining 34 yilligi bilan barchan…

#
23.05.2025 4862

Iqlim o‘zgarishi. Ekologiya. Allergiya” xalqaro ilmiy-ama…

“Iqlim o‘zgarishi. Ekologiya. Allergiya” xalqaro ilmiy-ama…

#
10.10.2025 4154

“InnoWeek–2025” xalqaro ko‘rgazmasida “Xalqaro molekulyar…

“InnoWeek–2025” xalqaro ko‘rgazmasi bu yil o‘z…