Bugun Moskvada IMAC 2025 — molekulyar immunologiya va allergologiya bo‘yicha Xalqaro kongress o‘z ishini boshladi. Tadbirda Xalqaro molekulyar allergologiya markazi mutaxassislari ham qatnashdi.
Kongressning ochilish marosimida Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya FMBA tarkibidagi “Immunologiya instituti” direktori Musa Rahimovich Khaitov hamda Vena Tibbiyot universiteti professori, RFAning xorijiy a’zosi Rudolf Valenta so‘zga chiqdilar.
Ma’ruzachilar ilmiy hamkorlikning mustahkamlanishi va allergik kasalliklarni davolashda innovatsion yondashuvlarning dolzarbligini alohida ta’kidladilar.
Kongressda zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va klinik amaliyotlarga bag‘ishlangan mavzular bo‘yicha yetakchi rossiyalik va xorijiy ekspertlar ishtirok etmoqda.
Yo‘l bo‘ylab ekilgan qarag‘ay, archa, tuya kabi ignabargli…
Immunobloting usuli ishga tushirildi !
Bugun Xalqaro molekulyar allergologi…
Poytaxtimizda “Bolalarda allergik kasalliklar: Fanlararo masalalar va …