# # #

About the center

Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazi (ICMA) — Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi ilmiy-amaliy muassasa. Markaz allergik kasalliklarni molekulyar darajada tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanadi.

Markazda zamonaviy laboratoriya, ambulatoriya va statsionar bo‘limlari faoliyat yuritadi. Har hafta havodagi gul changi miqdori bo‘yicha aeromonitoring o‘tkaziladi.