#
05.02.2025 835

Qishda o’simlik gulchangiga allergiya bo’lishi mumkinmi

⚪️  Ko’pchilik biladiki, bahor boshlanishi bilan o’simlik gulchangiga bo’lgan allergiya, yani pollinoz kasalligi avj oladi. Ammo yanvar oxiri – fevral boshida to’xtovsiz aksirish, ko’z qichishi, burun oqishining sababi sarv daraxtining gulchangi bo’lishi mumkin.

Sarv ignabargli oilaga tegishli bo’lib, tabiiy ravishda shimoliy va janubiy yarim sharlarning subtropik va tropik iqlimida o’sadi, O’rta yer dengizi, Kavkaz va Qrimning Qora dengiz sohillari, Abxaziya, Afrika, Himoloy, janubiy Xitoy va Amerikada tarqalgan.

⚪️ Sarvining 25 dan ortiq turi mavjud bo’lib, hammasi yil davomidagi ko‘m-ko‘k rangli barglari, ko‘rkamligi bilan farqlanadi, shu bilan birga o‘zidan ko‘p miqdorda fitontsid ajratib, atmosferadagi mikroblarni o‘ldiradi. Hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, sarv manzarali o‘simlik sifatida o‘stirilmoqda, shu qatorda Toshkent shahrida ham.

Biroq sarvining inson salomatligi uchun juda foydali bu xususiyatlari allergiyaga moyillik bo’lgan shaxslarda allergik rinit va bronxial astma rivojlanishi bilan ahamiyatini yo’qotishi mumkin. 

 (https://doi.org/10.53529/2500-1175-2022-1-42-44)Sarvning gulchangiga qancha insonlarda allergiya bo’lishi mumkin?
2018-2020 yillar mobaynida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra Toshkent shahri va bir qator viloyatlardagi nafas yo’llari allergik kasalliklari bo’lgan bemorlarning zardobi molekulyar allergodiagnostika usulida tekshirilganda bolalar orasida 27 foizida arizona sarvisiga  (Cupressus arizonica) nisbatan sensibilizatsiya aniqlangan  (https://doi.org/10.53529/2500-1175-2022-1-42-44)

Toshkent shahrida o’rnatilgan chang qopqonidan olingan ma’lumotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston iqlimida sarv gulchanglari havoda yanvar - fevral oylarida uchraydi.

#
31.10.2025 177

Causes of autumn allergies

Seasonal allergies occur not only in spring and summer but also during autum…

#
21.02.2025 817

Aerobiologik tadqiqot natijalarini qiyosiy baholash

Aerobiologik tadqiqot natijalarini qiyosiy baholash uchun gravimetrik chang …

#
06.08.2025 302

Fungal spores — invisible but powerful allergens!

Do you or your loved ones experience nasal congestion, itchy eyes, or diffic…