Sayt test rejimida ishlamoqda — ma’lumotlar vaqtinchalik bo‘lishi mumkin
Xalqaro molekulyar allergologiya markazi

Markaz

Markaz haqida

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi.

Markaz tarixi va maqomi

Molekulyar allergologiya va aerobiologiya sohasida ilmiy-diagnostik, ta’lim va ishlab chiqarishga oid innovatsiyalarni rivojlantirish, allergik kasalliklarni diagnostika qilish va davolashning molekulyar va boshqa ilg‘or usullarini tatbiq qilish hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini tashkil etish to‘g‘risida” 865-son Qaroriga muvofiq Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-200-son qarorining 4-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tashkiliy tuzilmasiga kiritildi. Hozirda Markaz O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi (keyingi o‘rinlarda-Markaz) allergik kasalliklarning molekulyar darajadagi tadqiqotlari va davolashning innovatsion usullarini rivojlantirishga, shuningdek, o‘simlik gulchangi va zamburug‘ sporalarining tarqalishi, ularning atrof-muhit omillaridan o‘zgarishi hamda inson salomatligiga ta’sirini o‘rganishga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan davlat muassasasidir.

Markazda bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amaliy yo‘naltirish va natijadorligini kuchaytirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, Markaz Ustavida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, foyda olish Markaz faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Hozirda Markaz xalqaro standartlarga javob beradigan ilg‘or texnologiyalar asosida diagnostika va davolash xizmatlarini taqdim etadi.

Xalqaro molekulyar allergologiya markazi
Xalqaro molekulyar allergologiya markazi

Markazning vazifalari

  1. 01

    Ultrazamonaviy biologik mikrochiplarni qo‘llash orqali allergik kasalliklarni diagnostika qilish sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, shu kabi kasalliklarni davolash va profilaktika qilish

  2. 02

    Allergik kasallik haqida jamlangan ma’lumotlar, allergen turlari, shuningdek, shoshilinch holatlarni rivojlanish riski to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi «allergik pasport» yaratish

  3. 03

    Allergen o‘simliklar gulchangining aerobiologik monitoringini va changlatish prognozini aniqlash, kelgusida bu haqida aholini xabardor qilish, allergenli o‘simliklarning gullash taqvimini yaratish

  4. 04

    Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alashni anafilaktik reaksiya rivojlanish xavfi mavjudligini inobatga olgan holda jahon standartlariga moslashtirish va ularni oziq-ovqat sanoatiga bosqichma-bosqich joriy etish

  5. 05

    Molekulyar allergologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etish va tadqiqotlarni amalga oshirilishida ko‘maklashish

  6. 06

    Molekulyar allergologiya bo‘yicha vrachlar malakasini oshirish o‘quv dasturlarini va uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish

  7. 07

    Molekulyar allergologiya sohasida mutaxassislarni shartnoma asosida malakasini oshirish va qayta tayyorlash

  8. 08

    Molekulyar allergologiya sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va xorijlik ekspertlarni hamkorlikka jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish

  9. 09

    Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik shakllarini rivojlantirishda ishtirok etish, jumladan, molekulyar allergologiyani rivojlantirish uchun jamg‘armalar va xalqaro dasturlar grantlarini jalb qilish orqali xorijlik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnikaviy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish

Asosiy ma’lumotlar

Rasmiy nomi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi (ICMA)

Tashkil etilgan

2018-yil 25-oktyabr, Vazirlar Mahkamasining 865-son qarori

Asosiy vazifa

Allergik kasalliklarni molekulyar darajada tashxislash, davolash va oldini olish

Aeromonitoring

Hududlar bo‘yicha havodagi gul changi muntazam kuzatiladi, natijalar e’lon qilinadi

Bo‘linmalar

  • Ambulator bo‘lim
  • statsionar
  • laboratoriya
  • dorixona
  • aeromonitoring xizmati
  • ilmiy bo‘linmalar

Ish vaqti

Dushanba – Juma
08:00 – 20:00
Shanba
09:00 – 18:30
Yakshanba
Dam olish kuni