#
18.07.2025 4678

Maishiy allergenlarga nisbatan allergiya tushunchasi nimani anglatadi?

Maishiy allergenlar — bu odatda uy va xonadonlarda uchraydigan, allergik reaksiya chaqiradigan moddalar hisoblanadi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • Uy changi

  • Uy changi kanachalari

  • Hayvonlarning juni va qazg‘og‘i

  • Mog‘or zamburug‘lari

  • Suvaraklarning ajralmalari

Immun tizimi sezgir bo‘lgan odamlarda turli allergik kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bu holatlar asosan quyidagicha namoyon bo‘ladi:

  • Burun bitishi, aksirish, yo‘tal

  • Ko‘zning qichishishi va yoshlanishi

  • Ba'zida teri yallig‘lanishi (dermatit)

Muhimi: boshqa allergenlardan farqli o‘laroq, maishiy allergenlarga sezuvchanlik yil davomida saqlanadi va asta-sekin kuchayib boradi. Bu esa inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

#
31.07.2025 4660

Havo namlantirgich haqida bilasizmi?

Havo namlantirgich — bu qurilma atrof-muhitdagi havo namligini me&rsqu…

#
17.03.2025 4873

Agar har ikkala ota-ona allergiyadan aziyat cheksa, farza…

Muhim! Nasldan naslga kasallik emas, balki allergiyaga moyillik o'tadi. …

#
02.09.2025 4578

Og‘iz atrofida qichishish va yo‘tal — kesishgan allergiya…

Ba’zi insonlarda ayrim meva va sabzavotlarni iste’mol qilganda o…