#
02.09.2025 410

Og‘iz atrofida qichishish va yo‘tal — kesishgan allergiya belgisi bo‘lishi mumkin

Ba’zi insonlarda ayrim meva va sabzavotlarni iste’mol qilganda og‘iz atrofida qichishish, lablarda qizarish, tomoqda qirilish yoki yo‘tal kabi belgilar kuzatilishi mumkin.

Bu holat ko‘pincha kesishgan allergiya natijasida yuzaga keladi. Pollinoz bilan og‘rigan bemorlarda immun hujayralari ayrim meva, sabzavot va poliz ekinlari molekulalarini gullayotgan o‘simliklarning changiga o‘xshash deb qabul qiladi.

Masalan, gullash davridagi shuvoq qovun, shaftoli, uzum va sabzi iste’molida allergik simptomlarni chaqirishi mumkin.

Kesishgan allergiya odatda oral allergik sindrom yoki og‘iz-halqum reaksiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: lablar atrofi qizarishi, til va og‘iz qichishi, yo‘tal. Ko‘pincha pishirilgan mahsulotlar xavfsizroq bo‘ladi.

Biroq ayrim hollarda kuchli reaksiyalar — Kvinka shishi, bronxospazm yoki anafilaksiya ham yuz berishi mumkin. Shu sababli allergolog shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

#
20.01.2025 772

Sovuqqa allergiya haqida

Sovuqqa allergiya – bu organizmning past haroratga bo‘lgan noan&…

#
02.09.2025 411

Og‘iz atrofida qichishish va yo‘tal — kesishgan allergiya…

Ba’zi insonlarda ayrim meva va sabzavotlarni iste’mol qilganda o…

#
18.07.2025 422

Maishiy allergenlarga nisbatan allergiya tushunchasi nima…

Maishiy allergenlar — bu odatda uy va xonadonlarda uchraydigan, allerg…